Quyosh stansiyalari va transformatorlar: Oʻzbekiston Oʻmon kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Oʻmonning Voltamp Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiyni qabul qildi. Uchrashuvda quyosh elektr stansiyalarini qurish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Quyosh stansiyalari va transformatorlar: Oʻzbekiston Oʻmon kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda
Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, kompaniya rahbari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining birinchi yigʻilishida qatnashish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Suhbat chogʻida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunida Voltamp Energy ishtirokidagi amaldagi va yangi loyihalarni «yoʻl xaritasi» asosida amalga oshirishga kelishib olingan.

