Mahalliy

Quriliş mollaridan oziq-ovqatgaça: Tashkent INDEX’da narxlar hamyonbopmi?

2022-yilda iş boşlagan Tashkent INDEX 72 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda kiyim-keçak va oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, quriliş materiallari, maişiy texnika hamda avtomobillargaça sotiladi. Majmuada savdo bilan birga işlab çiqariş ham yölga qöyilgan. Xöş, bu yerdagi narxlar qançalik qulay va xarid qilişda nimalarga eʼtibor beriş kerak?

Qurilish mollaridan tortib oziq-ovqatgacha: Tashkent INDEX’da narxlar hamyonbopmi?

Kun.uz jurnalisti bozorni aylanib, tadbirkorlar va xaridorlar bilan suhbatlashdi, mahsulotlar narxlari bilan tanishdi.

Odatda, xarid ro‘yxati uzaygani sayin bir joydan ikkinchi joyga qatnash, narxlarni solishtirish va kerakli mahsulotni topish ko‘proq vaqt oladi. Tashkent INDEX aynan shu jarayonni bir hududda tashkil etishga intilayotgan savdo majmualaridan biri hisoblanadi.

72 gektar maydonni egallagan kompleks 2022-yilda ish boshlagan. Uning hududida savdo nuqtalari bilan birga ishlab chiqarish binolari, omborlar, logistika infratuzilmasi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari ham mavjud. Dastlabki loyiha 3 mingdan ortiq do‘kon va 130 ta ishlab chiqarish maydonini o‘z ichiga olgan. Bir so‘z bilan aytganda, Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan mazkur majmua oddiy savdo bozori emas, balki xarid, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini birlashtirgan yirik kompleks sanaladi.

Uy qurish yoki ta’mirlashda santexnika, elektr jihozlari, eshiklar va yoritish uskunalarini xarid qilish uchun bir nechta manzilga borishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa transport xarajatlarini oshiradi. Tashkent INDEX’da qurilish mollari va uy jihozlarini bir hududda tanlash, narxlarini esa solishtirish mumkin.

Ko‘rsatuv davomida suv nasosi 350 ming so‘m, santexnika dazmoli 100 ming so‘m, dush va trap esa jami 400 ming so‘mga xarid qilindi. Uch dona keramik granit uchun 300 ming so‘m sarflandi. Shuningdek, elektr suv isitgich 1 million 350 ming so‘m, ikkita alyuminiy eshik 1 million 200 ming so‘m, yotoqxona va yo‘lak uchun gilamlar jami 3 million so‘mga olindi. Qandilning chegirmadagi narxi 1 million 850 ming so‘mni tashkil etdi. Keltirilgan narxlar xarid amalga oshirilgan vaqtdagi qiymatlardir. Ular mahsulot modeli, sifati va sotuv shartlariga qarab farq qilishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.