Mahalliy

Toshkentda uy-joylar qayta baholandi: yangi va oldingi kadastr qiymati keskin farq qildi

Toshkentda ko‘chmas mulkni ommaviy baholashning dastlabki natijalari taqdim etildi. Ayrim obyektlarda yangi va kadastr qiymati

Toshkentda uy-joylarning kadastr qiymati keskin o‘zgardi: yangi va avvalgi baholar orasida katta tafovut kuzatildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligida 14-avgust kuni Toshkent shahridagi ko‘chmas mulk obyektlarini ommaviy baholashning dastlabki natijalari muhokama qilindi. Ushbu tadbirda OAV vakillari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi a’zolari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Baholash jarayonida poytaxtdagi 600 mingdan ortiq kvartira qamrab olindi. Ularning amaldagi kadastr qiymati 57,8 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ommaviy baholash natijasida bu ko‘rsatkich 426,7 trillion so‘mga yetdi.

Shuningdek, 213 mingdan ziyod hovli-joy qayta baholandi. Ularning avvalgi kadastr qiymati 39,1 trillion so‘m bo‘lgan, ommaviy baholashdan so‘ng esa 548,4 trillion so‘mga baholandi.

Baholash natijalari Toshkent shahrida ko‘chmas mulk qiymatining hududlar bo‘yicha sezilarli darajada farq qilishini ko‘rsatdi. Xususan, kvartiralarning bir kvadrat metri narxi 4,6 million so‘mdan 35,8 million so‘mgacha bo‘lgan.

Bir sotix yer uchastkasining qiymati esa hududga qarab 115 million so‘mdan 890 million so‘mgacha aniqlangan. Bu raqamlar poytaxtdagi ko‘chmas mulk narxlarida hududiy farqning yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.

Ommaviy baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish Prezidentning 2025-yil 5-martdagi farmoni bilan belgilangan. Birinchi bosqich 2025–2026-yillarda Toshkent shahrida tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda.

Ommaviy baholashning dastlabki natijalari 60 kun davomida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Bu muddat ichida mulkdorlar baholash natijalari va hisob-kitoblarda foydalanilgan ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.