Dunyo

Qozog‘istondagi burgut 1400 km uchib Qashqadaryoga keldi

Tug’ilganiga atigi bir necha oy bo‘lgan burgutning parvozi GPS treker yordamida kuzatilmoqda. U allaqachon uchta davlatni kesib o‘tgan.

Qozog‘istondan uchgan burgut 1400 km yo‘l bosib Qashqadaryoga yetib keldi

Qozog‘istonda tug‘ilganiga bir necha oy bo‘lgan dasht burguti qariyb 1400 kilometr uchib Qashqadaryoga keldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

To‘ng‘ish laqabli burgut issiq o‘lkalarga o‘zining ilk mustaqil safarini boshlagan. Uning harakatini Qozog‘istonning “Oltin-Emel” milliy bog‘i mutaxassislari kuzatib bormoqda.

“U atigi bir necha oylik bo‘lsa-da, allaqachon uchta davlatni uchib o‘tdi. Yozda inida o‘tirgan oppoq, momiq polapon edi. 20-iyul kuni milliy bog‘ xodimlari Zoologiya instituti mutaxassislari bilan birgalikda unga quyosh batareyasida ishlaydigan GPS-treker o‘rnatdi”, deyiladi milliy bog‘ xabarida.

2-noyabr kuni e’lon qilingan xabarga ko‘ra, burgut allaqachon Qozog‘iston hududidan chiqib, Qirg‘izistonni kesib o‘tgan va O‘zbekistonning Samarqand shahrigacha yetib kelgan.

“Oltin-Emel → Qonayev → Olmaota → Bishkek → Taraz → Chimkent → Samarqand. Hozirda To‘ng‘ish O‘zbekistonda — Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri yaqinida bo‘lib turibdi. U shu paytgacha taxminan 1400 kilometr masofani ortda qoldirdi”, deya ta’kidladi milliy bog‘ rasmiylari.

Ular dasht burguti Qizil kitobga kiritilganini eslatib o‘tdi. GPS-treker orqali olingan ma’lumotlar mutaxassislarga qushlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash va ularni himoya qilish choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi. To‘ng‘ish qishlaydigan joyiga yetib borguniga qadar uning harakati kuzatib boriladi.

Ma’lumot uchun, Hindistonda 2025-yilda jarohatlangan holda topilib, muolaja qilingan tasqara kutilmagan migratsiyani amalga oshirgan edi. GPS-treking moslamasi orqali kuzatilgan qush Pokiston va Afg‘onistonni kesib o‘tib, 2026-yil 4-may kuni O‘zbekistonga kelgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.