Qozogʻistonda davlat xizmatchilari qimmatbaho buyumlarni koʻz-koʻz qilmaslikka chaqirildi
Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilarini ijtimoiy tarmoqlarda qimmatbaho xaridlarni namoyish etmaslikka chaqirdi

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga qimmatbaho buyumlarni namoyish qilmaslik tavsiya etildi
Sharqiy Qozogʻiston viloyati hokimiyati davlat xizmatchilariga ijtimoiy tarmoqlarda qimmatga tushgan xaridlar va hashamatli buyumlarni ko‘z-ko‘z qilmaslikni maslahat berdi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy saytida xabar berildi.
«Davlat xizmatchilari shuni inobatga olishi kerakki, xarid qilish uchun aniq qonuniy manba mavjud boʻlmagan taqdirda qimmatbaho buyumlar, hashamatli narsalar, dam olish va boshqa moddiy neʼmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish fuqarolarda asosli savollar tugʻdirishi hamda davlat xizmatchisining obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin», - deyiladi hokimlik xabarida.
Shuningdek, davlat xizmatchilariga, agar davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid kelsa, ijtimoiy tarmoqlardan tovar, xizmat yoki tijoriy faoliyatni reklama qilish va targʻib etish uchun foydalanmaslik tavsiya qilindi.
Bundan tashqari, mansab mavqeyi, davlat ramzlari yoki davlat idorasi resurslaridan shaxsiy manfaatlarda foydalanish sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan postlardan tiyilish lozimligi taʼkidlandi.

