Dunyo

«Pavlodar – nash!» – Rossiyalik bloger mamlakatni kamsituvchi so‘zlari uchun Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Qozog‘istonda rossiyalik bloger Kseniya Guzayeva «ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion va noto‘g‘ri bayonotlari uchun» jarimaga tortildi hamda mamlakatdan chiqarib yuborildi. Unga 5 yil mobaynida Qozog‘istonga kirish taqiqlangan.

Rossiyalik bloger Qozog‘istonni tahqirlovchi so‘zlari tufayli mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Astana politsiyasi xabar berishicha, Qozog‘istonning hududiy yaxlitligi va shaharlarining davlatga mansubligi borasida shubha bildirgan, shuningdek, Qozog‘iston fuqarolari, madaniyati va an’analariga nisbatan kamsituvchi stereotiplarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarosi deportatsiya qilingan.

Politsiya uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatish chog‘ida provokatsion izohlarni aniqlagan. Unga nisbatan ma’muriy ish ochilib, jarima tayinlangan, mamlakatdan chiqarib yuborilgan va besh yil muddatga Qozog‘istonga kirishi taqiqlangan.

Politsiya ushbu xorijlikning aynan qanday bayonotlari unga qarshi ma’muriy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Azattyq Asia nashrining yozishicha, u Astana markazida odamlar "vigvamlarda yashashi, otda yurishi kerak" degan. Boshqa bir efirda esa qozog‘istonliklarni rus tilini bilmagani uchun "sassiq" deb atagan.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, gap strimer Kseniya Guzayeva (Fasoollka) haqida ketmoqda. U o‘z strimlarida Astanani "qishloq" deb atagan va "Pavlodar bizniki" degan. "U biznikidek eshitiladi, u Qozog‘istonniki bo‘lishi mumkin emas. Unda nega Pavlostan emas?" – degan u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.