Qozogʻiston va Xitoy chegarasida 25 sentyabr kuni avtomobillar oʻtishi vaqtinchalik cheklanadi
25 sentyabr kuni Qozogʻiston va Xitoy chegarasidagi avtomobil oʻtkazish punktlari orqali odamlar, transport vositalari va yuklarni oʻtkazish vaqtinchalik toʻxtatiladi. Cheklov Xitoyda Kuz oʻrtasi bayrami nishonlanishi bilan bogʻliq, deb xabar berdi Qozogʻiston Davlat daromadlari qoʻmitasi. Temir yoʻl oʻtkazish punktlari odatiy rejimda ishlashda davom etadi. Tashuvchilar va fuqarolarga safarlar hamda yoʻnalishlarni rejalashtirishda ushbu vaqtinchalik cheklovni hisobga olish tavsiya etiladi.

Qozogʻiston va Xitoy chegarasida 25 sentyabr kuni avtomobillar oʻtishi vaqtinchalik cheklanadi
25 sentyabr kuni Qozogʻiston va Xitoy chegarasidagi avtomobil oʻtkazish punktlari orqali odamlar, transport vositalari va yuklarni oʻtkazish vaqtinchalik toʻxtatiladi. Qozogʻiston Davlat daromadlari qoʻmitasi xabariga koʻra, cheklov Xitoyda Kuz oʻrtasi bayrami nishonlanishi bilan bogʻliq.
Temir yoʻl oʻtkazish punktlari odatiy rejimda ishlashda davom etadi.
Tashuvchilar va fuqarolarga safarlar hamda yoʻnalishlarni rejalashtirishda ushbu vaqtinchalik cheklovni hisobga olish tavsiya etiladi.

