Qozoğiston elektron kiriş ruxsatnomalarini bosqiçma-bosqiç joriy etmoqda
1-noyabrdan Qozoğistonda çet el fuqarolari uçun elektron kiriş ruxsatnomalari (ETA) bosqiçma-bosqiç joriy etila boşlandi. 2027-yil 1-iyuldan Qozoğistonga kiriş uçun bunday ruxsatnoma talab qilinişi majburiy böladi.

Qozoğistonda elektron kiriş ruxsatnomalari bosqiçma-bosqiç tatbiq etilmoqda
1-noyabrdan boshlab Qozoğistonda çet el fuqarolari uchun elektron kiriş ruxsatnomalari (ETA – Electronic Travel Authorization) bosqiçma-bosqiç joriy qilina başladı. Yangi tartib Qozoğiston hukumatining 10-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.
Bunday ruxsatnoma avvalo Qozoğiston bilan vizasiz rejim amal qiladigan mamlakatlar fuqarolari uchun nazarda tutilgan.
Hujjatni QazETA raqamli platformasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Bu yangi tartib sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va xorijiy mutaxassislarni taklif qiluvchi tashkilotlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Tizim bir necha bosqichda joriy etiladi:
2026-yil 1-noyabrdan – Aqtau xalqaro aeroportida, Pavlodar oblastidagi «Urlyutobe», Jambil oblastidagi «Auxatti», Turkiston oblastidagi «Atameken» hamda Yettisuv oblastidagi «Nurli Jöl» avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlarida;
2027-yil 1-yanvardan – Ostona va Olmaota aeroportlarida;
2027-yil 1-martdan – davlat chegarasidagi qolgan barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida.
QazETA platformasi 2026-yil yanvar oyidan boshlab sinov rejimida ishlamoqda. Uning yordamida mamlakatga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish, elektron viza olish, elektron rezidentlik va chegarani kesib o‘tish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish mumkin.
Birinchi bosqich doirasida, 2027-yil 30-iyunga qadar xorijliklar Qozoğistonga ruxsatsiz ham kirishi mumkin, biroq chegarada ularga bu talab haqida ogohlantirish beriladi. 2027-yil 1-iyuldan esa ruxsatnoma yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etishga asos bo‘ladi.
Sayyohlar uchun ETA rasmiylashtirish bepul bo‘ladi.
Ariza topshirish uchun quyidagilar kerak:
Amal qilish muddati kamida 6 oy bo‘lgan xorijga chiqish pasporti;
Javobni qabul qilish uchun faol elektron pochta manzili;
Safar maqsadi.
Ruxsatnoma milliy xavfsizlik organlari bilan kelishilgan holda ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va 180 kalendar kun davomida amal qiladi. Shu bilan birga, xorijlik fuqaroning mamlakat hududida bo‘lish muddati amaldagi migratsiya qoidalari bilan cheklanadi (xususan, O‘zbekiston fuqarolari Qozoğistonda vizasiz 90 kungacha bo‘lishlari mumkin).

