Qoraqalpogʻistonda 12 foiz stavkada 300 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ishga tushiriladi
Qoraqalpogʻistonda ishonchli tadbirkorlarga yillik 12 foiz stavkada kreditlar taklif etiladi. Ushbu maqsadlar uchun 300 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ochilmoqda. Gap banklar oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan tadbirkorlar haqida bormoqda. Soʻnggi uch yilda hududdagi 2 ming nafar tadbirkor 2,145 trln soʻmlik kreditlarni oʻz vaqtida qaytargan. Endilikda «Mijozni oʻstirish» modeli boʻyicha yana 30–40 ming kishiga ish topish va daromadlarini oshirishga koʻmaklashish rejalashtirilgan. […]

Qoraqalpogʻistonda 12% stavkada 300 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ochiladi
Qoraqalpogʻistonda ishonchli tadbirkorlarga yillik 12% stavkada kreditlar taklif etiladi. Buning uchun 300 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ochilmoqda.
Gap banklar oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan tadbirkorlar haqida bormoqda. Soʻnggi uch yilda hududdagi 2 ming nafar tadbirkor 2,145 trln soʻmlik kreditlarni oʻz vaqtida qaytargan.
Endilikda «Mijozni oʻstirish» modeli boʻyicha yana 30–40 ming kishining ish topishiga va daromadlarini oshirishiga koʻmaklashish rejalashtirilgan. Buning uchun banklar faoliyat yuritayotgan biznesni moliyalashtirishni kengaytiradi.
Dastlab kreditlar boʻyicha stavka 16% ni tashkil etadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foiz punktini kompensatsiya qilib beradi, shu bois tadbirkorlar uchun u 12% gacha pasayadi.
Qolgan sakkizta bankka bir oy muddatda shunga oʻxshash kredit mahsulotlarini ishlab chiqish topshirildi.

