Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlarga 12 foizli kreditlar ajratiladi

Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlarga 12 foizli kreditlar ajratiladi

Nukus shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda “xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi.

Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli va To‘rtko‘lda to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Nukus shahri, Nukus tumani va Qorao‘zakda elektrotexnika sanoatida 200 mln dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 mln dollarlik loyihalar tashkil etiladi.

Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 mln dollarlik, Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy va Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 mln dollarlik loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.

Italiyaning Bonifika Ferrarizi kompaniyasi bilan Taxtako‘pirda 50 mln dollarlik loyiha boshlanmoqda. 2 ming gektarda Italiya texnologiyasi asosida pomidor va g‘alla yetishtirilib, chuqur qayta ishlanadi hamda Yevropaga eksport qilinadi.

15-oktyabrgacha har bir tuman bo‘yicha “road show”lar o‘tkaziladi. Viloyat hokimlari o‘z investorlarini jalb qilib, 2-3 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni boshlaydi.

Umuman, kelasi yil Qoraqalpog‘istonga 5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish vazifasi belgilandi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘istondagi 2 ming tadbirkor uch yilda 2 trln 145 mlrd so‘m kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan. “Mijozni o‘stirish” modeli asosida yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish imkoniyati bor.

Hududga mas‘ul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 mlrd so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foizlik qismini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun stavka 12 foizga tushadi.

Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish topshirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.