Qogʻozlardagina «harbiy xizmatchilar»: besh kishi soxta maʼlumotnomalar orqali 428,8 mln soʻmlik kredit rasmiylashtirdi
Fargʻona viloyatining Quva tumanida rasmiy ish joyiga ega boʻlmagan besh nafar fuqaro 428,8 mln soʻmlik kredit olgan. Buning uchun ular bandlik va daromadlar toʻgʻrisidagi soxta hujjatlardan foydalanishgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berishicha, hujjatlarda ular goʻyoki Milliy gvardiyaning harbiy qismida xizmat qilishi koʻrsatilgan. Aslida esa ular u yerda rasman ishlashmagan. Soxta […]

Faqat qogʻozdagi «harbiy xizmatchilar»: besh kishi soxta maʼlumotnomalar bilan 428,8 mln soʻmlik kredit rasmiylashtirdi
Fargʻona viloyatining Quva tumanida rasmiy ish joyiga ega boʻlmagan besh kishi 428,8 mln soʻm miqdorida kredit oldi. Buning uchun ular ish bilan taʼminlanganlik va daromadlar toʻgʻrisidagi soxta hujjatlardan foydalangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga koʻra, hujjatlarda ular goʻyoki Milliy gvardiyaning harbiy qismida xizmat qilishi koʻrsatilgan. Aslida esa ular u yerda rasman ishlamagan.
Soxta mehnat shartnomalari va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar tijorat bankining Quva tumani filialiga taqdim etilgan. Ushbu hujjatlar asosida ularga kredit ajratilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

