Dunyo

Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa Botken viloyatida yuz berib, unda 36 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida YTH yuz berdi

Qirgʻizistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanida ikki avtomobil qatnashgan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Natijada bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Botken viloyati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib “24.kg” xabar berdi.

Voqea Oʻsh—Razzoqov avtomobil yoʻlining 183-kilometrida, Oq turpoq qishloq hududidagi Ming Chinor qishlogʻi yaqinida yuz bergan.

Hodisada Oʻzbekistonning 45 yoshli fuqarosi boshqaruvidagi Cobalt hamda Qadamjoy tumanida yashovchi 43 yoshli haydovchiga tegishli Tico avtomobillari toʻqnashgan.

Toʻqnashuv oqibatida Qadamjoy tumanida yashovchi 36 yoshli fuqaro olgan jarohatlari sabab voqea joyida halok boʻlgan. Haydovchi esa Botken viloyat birlashgan kasalxonasiga yotqizilgan. Ayni paytda mazkur holat Qadamjoy tuman IIBning elektron jurnalida roʻyxatga olingan. Hodisa yuzasidan surishtiruv va tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning toʻqqiz oyida Qirgʻizistonda 3624 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Ushbu avariyalarda 572 kishi, jumladan, 88 nafar bola halok boʻlgan. Yana 5519 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.