Qirgʻiziston bilan chegarada erkak kishining paypogʻiga yashirilgan 64 ming dollar topildi
Andijon viloyatida bojxonachilar Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga 64 ming dollarni noqonuniy olib chiqib ketishga boʻlgan urinishning oldini olishdi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar berdi. Erkak «Doʻstlik» chegara posti orqali piyodalar uchun moʻljallangan «yashil yoʻlak»dan oʻtayotgan boʻlgan. Bojxona nazorati va shaxsiy koʻrik davomida xodimlar uning paypoqlari ichiga yashirilgan, deklaratsiya qilinmagan pullarni aniqlashdi. Jami 64 ming dollar topildi. Mablagʻlar vaqtinchalik olib qoʻyildi […]

Qirgʻiziston bilan chegarada erkak kishining paypogʻiga yashirilgan 64 ming dollar topildi
Andijon viloyatida bojxonachilar Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga 64 ming dollarni noqonuniy olib chiqib ketishga boʻlgan urinishning oldini olishdi.
Erkak kishi «Doʻstlik» chegara posti orqali piyodalar uchun moʻljallangan «yashil yoʻlak»dan oʻtayotgan boʻlgan. Bojxona nazorati va shaxsiy koʻrik davomida xodimlar uning paypogʻiga yashirilgan, deklaratsiya qilinmagan pullarni topishdi.
Jami 64 ming dollar aniqlandi. Mablagʻlar belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qoʻyildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

