O‘zbekistondan 64 ming dollarni paypog‘i ichida olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Andijondagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida Qirg‘izistonga chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroning paypog‘idan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 64 ming dollar topildi. Valyuta vaqtincha saqlovga olindi, holat yuzasidan surishtiruv boshlandi.

O‘zbekistondan 64 ming dollarni paypog‘i ichida olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Andijondagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida Qirg‘izistonga chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroning paypog‘idan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 64 ming dollar topildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqish maqsadida “Chiqish piyoda” yo‘nalishining yashil yo‘lagi orqali harakatlangan. U bojxona nazorati va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv chog‘ida fuqaroning deklaratsiyasida qayd etilmagan, yashirin tarzda olib chiqilayotgan xorijiy valyuta mablag‘lari borligi aniqlangan. 64 ming dollar fuqaroning paypog‘i ichiga yashirilgan holda olib chiqilayotgan bo‘lgan.
Mablag‘ belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olingan. Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shni davlatning 2 nafar fuqarosi pullarni oyoqlariga yashirib o‘tmoqchi bo‘lganida ushlangan.

