Mahalliy

Qashqadayorda “Jiguli” daraxtga urilishi oqibatida 20 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida VAZ-2105 avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urildi. Oqibatda 26 yoshli haydovchi shifoxonada vafot etdi.

Qashqadaryoda “Jiguli” daraxtga urilishi oqibatida 20 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Voqea 26-oktabr kuni soat 23:30 lar atrofida Katta Novqat mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda yuz bergan. 2006-yilda tug‘ilgan haydovchi M.X. VAZ-2105 avtomobilini boshqarib ketayotib, rulni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir tergov ishlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.