Mahalliy

Toshkentda yuk mashinasi va Kia bilan to‘qnashgan 21 yoshli mototsikl haydovchisi vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumanida mototsikl haydovchisi oraliq masofani saqlay olmay, avval GAZ 5312 yuk avtomobiliga, so‘ng Kia K5`ga urildi. 21 yoshli haydovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yuk mashinasi va Kia bilan to‘qnashgan 21 yoshli mototsikl haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent shahri Mirobod tumanida mototsikl haydovchisi oldinda ketayotgan yuk avtomobiliga urilib, boshqaruvni yo‘qotgan va keyin qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Kia avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida mototsikl haydovchisi vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lum qildi.

Voqea 25-sentabr kuni soat 22:45 da Mirobod tumanidagi KHAY ko‘chasida, 83-maktab qarshisida yuz bergan.

21 yoshli haydovchi motoransport vositasini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlay olmagan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 32 yoshli haydovchi boshqaruvidagi GAZ 5312 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng mototsikl haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Kia K5 bilan urilgan.

Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo u kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ish Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) tegishli qismlari asosida ochilgan.

Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanida Lacetti va skuter ishtirokidagi YTH oqibatida 21 yoshli yigit shifoxonada vafot etgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.