Qarshi shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 12 ta avtobus olib kelindi
Qashqadaryo viloyatiga Xitoydan 12 ta Zhongtong avtobusi olib kelindi. Ular yaqin kunlarda Qarshi shahri ichki yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi. Shu bilan joriy yil boshidan buyon viloyatga olib kelingan yangi avtobuslar soni 56 taga yetdi.

Qarshi shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 12 ta avtobus olib kelindi
Qashqadaryo viloyatida jamoat transporti parkini yangilash doirasida navbatdagi 12 ta avtobus Xitoydan olib kelindi, deb xabar bermoqda.
Zhongtong rusumli avtobuslar Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi “Bazarcha” MCHJ tomonidan keltirilgan.
Qayd etilishicha, yangi avtobuslar yaqin kunlarda Qarshi shahri ichki avtobus yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi.
Shu bilan joriy yil boshidan buyon Qashqadaryo viloyatiga olib kelingan yangi avtobuslar soni 56 taga yetgan. 2025-yilda esa viloyatga 62 ta zamonaviy avtobus olib kelingan.
Ma’lumot uchun, Zhongtong avtobuslari Xitoyning Shandun provinsiyasida joylashgan Zhongtong Bus Holding Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Bundan avval iyul oyida Qarshi shahriga Xitoydan AsiaStar rusumli 38 ta zamonaviy avtobus olib kelingan edi.
Ular shaharda brutto-shartnoma asosida ishlaydigan ikki yangi yo‘nalishga chiqarilishi kutilayotgandi.

