Mahalliy

Urganch shahri jamoat transporti uchun Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

Xorazmga Xitoydan 30 ta zamonaviy Zhongtong avtobusi olib kelindi. Ularni “Bunyod yo‘lovchi tashish” MCHJ xarid qilgan. Shu bilan yil boshidan buyon viloyatga olib kelingan yangi avtobuslar soni 90 taga yetdi. Avtobuslar Urganch shahri ichki yo‘nalishlariga chiqariladi.

Urganch shahrining jamoat transporti parki Xitoydan keltirilgan 30 ta yangi avtobus bilan boyitildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xorazm viloyatida jamoat transporti tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda harakat tarkibini zamonaviy avtobuslar bilan yangilash maqsadida Xitoydan 30 ta Zhongtong rusumli avtobus olib kelindi. Ushbu avtobuslar "Bunyod yo‘lovchi tashish" MCHJ tomonidan xarid qilingan. Natijada, yil boshidan buyon viloyatga keltirilgan yangi avtobuslar soni jami 90 taga yetdi.

Yaqin kunlarda ushbu zamonaviy avtobuslarni Urganch shahridagi ichki yo‘nalishlarga brutto-shartnoma asosida joylashtirish rejalashtirilgan. Yangi avtobuslarning yo‘nalishlarga chiqarilishi yo‘lovchilarga yanada qulay, xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, jamoat transporti tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Zhongtong avtobuslari Xitoyning Shandun provinsiyasida joylashgan Zhongtong Bus Holding Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Avvalroq Xorazm viloyatiga Xitoyning Yutong kompaniyasida ishlab chiqarilgan 10 ta gibrid trolleybus ham keltirilgan edi. Ular Urganch xalqaro aeroporti, Urganch va Xiva temir yo‘l vokzallarini bog‘lovchi yo‘nalishda harakatlanadi. Bu qatnovlar oralig‘ini 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lash bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Birinchi bosqichda, 1-iyuldan SHI-4, SHI-5, SHI-7, SHI-13, SHI-18, SHI-19 va SHI-28 avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, T1-sonli "Urganch shahri — Xiva shahri" trolleybus yo‘nalishida naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etildi. Ikkinchi bosqichda esa qolgan avtobus va trolleybus yo‘nalishlarida brutto-shartnomalar rasmiylashtirilganidan keyin ushbu tartib joriy etiladi. Shu bilan birga, yo‘lkira haqi 3000 so‘m etib belgilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.