Mahalliy

Qariyb 29 ming nafar xotin-qiz og‘ir hayotiy vaziyatda – Dilnoza Kattaxonova

O‘zbekistonning 28 ta tuman va shahrida o‘tkazilgan xatlov natijasida 28 ming 600 nafar xotin-qiz og‘ir

Qariyb 29 ming nafar xotin-qiz og‘ir hayotiy vaziyatda — Dilnoza Kattaxonova

O‘zbekistonning 28 ta tuman va shahrida o‘tkazilgan xatlov yakunlariga ko‘ra, 28 ming 600 nafar xotin-qiz og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan toifaga kiritildi.

Bu haqda Senat yalpi majlisida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.

Tajriba doirasida 2 million 300 mingdan ortiq xotin-qizning bandligi hamda ijtimoiy holati o‘rganilgan. Natijada 2 milliondan ortig‘i barqaror toifaga kiritilgan, 336 ming nafarining esa bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha dasturlarga ehtiyoji borligi aniqlangan.

28 ming 600 nafar ayol og‘ir hayotiy vaziyatda deb baholangan. Ular orasida ajrim yoqasida turgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, aliment undirishda muammosi bo‘lgan hamda 18 yoshgacha ona bo‘lgan xotin-qizlar bor.

Endilikda xuddi shunday xatlov respublikadagi qolgan 186 ta tuman va shaharda ham o‘tkazilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.