Mahalliy

O‘zbekistonda yetti oyda 29 mingdan ortiq nikoh bekor qilindi

Bu haqda Senat yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova

O‘zbekistonda yetti oy ichida 29 mingdan ziyod nikoh bekor qilindi

O‘zbekistonda 2026-yilning ilk yetti oyida 29 ming 353 ta nikohdan ajralish holati qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 ming 470 taga yoki 5 foizga yuqori.

Bu haqda Senat yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda 10 million 505 mingdan ortiq oila bor. Joriy yilning yetti oyida 115 ming 879 ta yangi nikoh qayd etilgan.

Shu bilan birga, ajrimlar o‘sish sur’ati yil boshiga nisbatan pasaygan. Xususan, yanvarda bu ko‘rsatkich 11 foiz bo‘lgan bo‘lsa, iyulga kelib 5 foizga tushgan.

Jizzax, Samarqand va Surxondaryoda ajrimlar soni oshgan, Namangan va Andijonda esa kamayish kuzatilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.