Mahalliy

Oʻzbekistonda ozodlikdan mahrum etilganlar soni olti oyda 22 foizga koʻpaydi

Oʻzbekistonda ozodlikdan mahrum etilganlar soni olti oyda 22 foizga oshdi

Oʻzbekistonda 2026-yilning I yarmida ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 2025-yilning mos davridagiga qaraganda 2 ming 133 nafarga, ya’ni 22 foizga ko‘paydi.

Tahlilga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida sudlar tomonidan respublikada 11 ming 703 kishi ozodlikdan mahrum etilgan. Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 9 ming 570 nafar edi.

Joriy yilning dastlabki olti oyida ozodlikdan mahrum qilinganlar orasida eng yuqori ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi — 2030 nafar. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (1462) va Toshkent (1452) viloyatlari qayd etilgan. Eng kam ulush Qoraqalpog‘istonga tegishli bo‘lib, 317 nafarni tashkil etdi.

Toshkent shahridan ikki nafar shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hukm qilinganlar orasida 179 kishi qasddan odam o‘ldirish, 1 ming 376 kishi qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish jinoyatlarini sodir etgan. Yana 1 ming 789 nafar shaxs bezorilik, 5 ming 788 odam esa giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan.

Yarim yil davomida qariyb 3 ming 605 kishi korrupsion jinoyat sodir etgani uchun sudlangan. Ularning 779 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. Yana 614 nafari jarimaga tortilgan bo‘lsa, 1 ming 479 nafari axloq tuzatish ishlari, 711 nafari ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.