Erta nikohni targ‘ib qilganlar jarimaga tortilishi mumkin
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonovaning Senat yalpi majlisida ma’lum qilishicha, tegishli qonun loyihasida

Erta nikohni targ‘ib qilganlarga jarima qo‘llanishi mumkin
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nikohni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Senatning yalpi majlisida ma’lum qilishicha, tegishli qonun loyihasida erta nikoh bilan bog‘liq jazolarni kuchaytirish nazarda tutilgan.
Jumladan, voyaga yetmaganlar bilan nikohni birinchi bor targ‘ib qilgan shaxsga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solish taklif qilinmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, voyaga yetmaganni erga berish yoki uylantirish bilan bog‘liq holatlar uchun ota-ona, voyaga yetmagan bilan turmush qurgan shaxs hamda bunday nikohga oid diniy marosimni o‘tkazgan shaxslarga nisbatan javobgarlik mavjud.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, xotin-qizlar faollaridan kelgan xabarlar asosida o‘tgan davrda 348 ta erta nikohning oldi olingan.

