Mahalliy

Nikoh yoshini kamaytirishga faqat ikki holatda ruxsat berilishi mumkin

Bu haqda Senat yalpi majlisida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.

Nikoh yoshini kamaytirishga faqat ikki holatda ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda nikoh yoshini bir yilga kamaytirish mumkin bo‘lgan holatlarni aniq belgilash taklif qilinmoqda.

Bu haqda Senat yalpi majlisida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlangan va hozir Prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

Loyihaga muvofiq, tuman yoki shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga faqat homiladorlik yoki bola tug‘ilgan hollarda kamaytirishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, “Adliya Plus” mobil ilovasi va my.adliya.uz orqali 18 yoshga to‘lmagan shaxsning nikoh uchun onlayn ariza topshirishiga avtomatik cheklov qo‘yilgan. Bunday ariza faqat hokimning tegishli qarori tizimga kiritilgandan keyingina qabul qilinishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.