Dunyo

Putin Trampga sovğa yubordi – hafta dayjesti

Hafta davomida AQŞ, Rossiya va Xitoy yetakçilari Ukraina mavzusida uçraşmoqçi ekani maʼlum böldi. Amerikalik mahbus Rossiya qamoğidan ozod qilindi. Isroil va Braziliyada saylov kampaniyasi hal qiluvçi pallaga kirdi, nomzoddar «bir-biriga loy çaplaş bilan» band. Quyida haftaning şu va boşqa muhim voqealarini yodga olamiz.

Putin Trampga sovğa yubordi – hafta dayjesti

Si, Putin va Tramp uchrashishi mumkin

Xitoy raisi Si Jinpin, Rossiya prezidenti Putin va AQŞ prezidenti Tramp Ukrainadagi urush masalasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bunday taklif Tramp bilan telefon suhbati chog‘ida Putindan chiqqan. Tramp Si rozi bo‘lsa, u ham qarshi emasligini aytgan. Amerika nashrlariga ko‘ra, Pekin ham rozi. Uchrashuv uchun bahona ham bor. Noyabrda Xitoyda Osiyo tinch okeani iqtisodiy sammiti o‘tkaziladi.

Tramp uchrashuvda «jon deb yadro qurolini muhokama qilgan bo‘lishini» aytdi. Go‘yoki «shuncha katta odamlar bittagina Ukraina uchun yig‘ilib o‘tirmaymiz» degandek. Lekin asosiy masala aynan Trampga «yo‘q» deyişga haddi siqqan Ukrainadagi urush ekaniga shubha yo‘q.

Hafta boshida Braziliya va Isroilda muhim saylovlar o‘tkaziladi. Braziliyada 215 million, Isroilda 10 million odam yashasa ham, dunyo uchun aynan bir burda Isroilda bo‘ladigan saylov muhimroq. Chunki Braziliya narigi yarim sharda, u yerda davlatlar tarqoq joylashgan, qo‘shnilar o‘rtasida tarixiy da’volar dunyo taqdiriga aloqador muammo keltirib chiqarmagan.

Isroil esa dunyoning qoq markazida joylashib olgan. Netanyahu oxirgi marta hukumatga kelgach, Yaqin Sharq katta urush ichida qolib ketdi. Shu sabab musulmon va arab olamida, Yaqin Sharqning aksar davlatlarida Netanyahu saylovda yutqazib, ketishini xohlashmoqda. Bibi esa bundan o‘zining siyosiy piari uchun foydalanib, «Qarang, hamma dushmanlarimiz menga qarshi, ular bizni yo‘q qilmoqchi, meni saylang, bo‘lmasa, Falastin davlati tuzib olishadi», deb isroilliklarni qo‘rqityapti.

27-oktabr kuni Isroilda parlament saylovlari o‘tkaziladi. Netanyahu va uni qo‘llovchi blok baribir kichik favorit, lekin isroilliklar ham urushdan sillasi quriganini sezish qiyin emas. Amaldagi bosh vazir jamoasi oxirgi yillarda nihoyatda kuchli urush propagandasi olib bordi. Shunday ta’sirdan keyin ham muxolifat birlashib, Netanyahuni ketkazsa, bu hayratlanarli natija bo‘ladi.

Braziliyada esa vaziyat juda qiziqarli, xuddi mamlakat futbol milliy jamoasining o‘yinlari kabi. 80 yoshli Lula da Silva avvalgi prezidenti Jair Bolsonaroning katta o‘g‘li Flavio bilan kurashadi. Esingizda bo‘lsa, Lula o‘tgan saylovda katta Bolsonaroni yenggan, keyin saylovda yutqazgan sobiq prezident qamalgan edi. Hozir uning qamoqda ekani o‘g‘li uchun siyosiy piar bo‘lib xizmat qilmoqda. Lula va kichik Bolsonaro bir necha kundan buyon jonli efirdagi debatlarda hukumat uchun kurashyapti.

Aytgancha, Braziliya va Isroildagi saylov kampaniyalarining o‘xshashlik jihati ham bor. Ikki kampaniyada ham raqiblar odamlarga nima bera olishi haqida ma’ruza so‘zlash bilan emas, «raqibiga loy chaplash bilan» band. Hukumatga kelib olay, qolgani bir gap bo‘lar degan maqsad.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.