Sport

«PSJ» «Barsa»ga ham 4 ta gol urdi, «Siti» Holandsiz yirik gʻalabaga erishdi

Seshanba oqshomida YeChLning 3-turi doirasida oʻtkazilgan oʻyinlar, gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

«PSJ» «Barsa»ga ham 4 ta gol urdi, «Siti» Holandsiz yirik gʻalabaga erishdi

Parijliklar kuzning eng muhim uchrashuvida gʻalaba qozondi, biroq jiddiy yoʻqotishlarga ham uchradi; Abduqodir Husanov toʻliq oʻynagan, Holand zaxiradan ham tushmagan bahsda «Siti» 5 ta gol urib yutdi; «Liverpul» esa 7 gol urilgan oʻyinda kambek qildi; Rahmonaliyev va jamoasi «Borussiya»ga magʻlub boʻldi.

«Barsa»ning gʻalabali seriyasi yakunlandi

«PSJ» – «Barselona» 4:2

Gollar:

Due, 38 (1:0). Espart, 55 (1:1). Ernandez, 72 (2:1). Yamal, 79 (2:2). Vitinya, 81 (3:2). Ruis, 87 (4:2)

«PSJ»: Safonov, Markinios (Zabarniy, 59), Pacho, Ernandez (Mayulu, 78), Hakimi, Ruis, Vitinya, Joau Nevesh, Kvaratsxeliya (Akliush, 59), Due (Zair-Emeri, 78), Dembele (Torres, 20)

«Barselona»: Garsiya, Kubarsi, Martin, Joau Kanselu, Espart (Balde, 74), Pedri (Gavi, 60), Bernal (Rodri, 60), Olmo (Fermin Lopes, 27), Yamal, Gordon, Rafinya (Adeyemi, 60)

Ogohlantirish: Joau Kanselu, 17

Muxlislar bu bahsdan katta umid qilishgandi va jamoalar amalda ham tomoshabop futbol namoyish etishdi. Xvicha Kvaratsxeliya ilk daqiqadayoq darvoza ustunini nishonga oldi. Oʻyin davomida kataloniyaliklar posboni Joan Garsiya jami sakkizta seyv amalga oshirishiga toʻgʻri keldi. Parijliklar esa uchrashuv oxirigacha darvoza tomon yoʻllangan zarbalar sonini 14 taga yetkazishdi.

Biroq birinchi boʻlimda gollardan koʻra jarohatlar koʻproq boʻldi. Avval Usmon Dembele, undan keyin Dani Olmo jarohat olib maydonni tark etdi.

Ularning oʻrniga zaxiradan tushgan Ferran Torres va Fermin Lopes esa imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Faqat boʻlim oxirida Dezire Due oʻz mahoratini koʻrsatib, himoyachilar orasida turib qaytarib boʻlmas zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi boʻlim boshida esa kataloniyaliklarning 19 yoshli himoyachisi Havi Espart oʻng qanotdan oldinga chiqib, hisobni tenglashtirdi. Oʻtkazilgan goldan soʻng mezbonlar ketma-ket noxush holatlarga duch keldi. Markinios va Xvicha jarohat olib maydonni tark etishdi. Gruziyalik vingerning jarohati jiddiy ekani va u mavsum oxirigacha safga qayta olmasligi aytilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.