«Barsa» 7 ta gol urdi, «MU» kambek qurboni. Kun oʻyinlari
Chorshanba oqshomida Yevropa futbolida roʻy bergan asosiy voqealar.

«Barsa» 7 ta gol urdi, «MU» kambek qurboni. Kun oʻyinlari
Ispaniya: «Barselona» toʻxtash nimaligini bilmayapti
«Barselona» – «Rasing» 7:2
Joau Kanselu, 8 (1:0). Rafinya, 25 – penalti (2:0). Guye, 30 (2:1). Vilyalibre, 36 – avtogol (3:1). Rafinya, 42 (4:1). Zabiri, 65 (4:2). Rafinya, 67 – penalti (5:2). Gabriel Jezus, 79 (6:2). Yamal, 89 (7:2)
«Barselona» bu mavsumda hech qanday chegara tan olmayapti. Jamoa La Ligadagi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, raqiblarini shunchaki yanchib tashlamoqda. Bu gal kataloniyaliklar yoʻliga chiqqan debyutant «Rasing» 7 ta gol oʻtkazib yubordi. Holbuki, ushbu jamoa mavsumni yaxshi boshlagan va besh turda 7 ochko toʻplagandi.
Flik hozircha asosiy yetakchilarga dam berishni rejalashtirmayapti. Faqat himoya chizigʻida Kubarsi, Kunde va Espartga dam berildi, ammo hujumda Yamal, Rafinya, Olmo va Adeyemi kabi futbolchilar maydonga tushishda davom etdi. Rafinya 3 ta gol urib, toʻpurarlar poygasida 9 gol bilan yaqqol peshqadamga aylandi, gol+pas tizimida 9+3 koʻrsatkichiga ega boʻldi (YeChLdagi gollari bilan qoʻshib hisoblaganda jami 11 gol), Yamal dubl qayd etib, 8 gol bilan undan keyingi ikkinchi oʻringa chiqishi mumkin edi, biroq penaltidan foydalana olmadi (unda 7+5). Yozgi transferlar oxirida «Arsenal»dan xarid qilingan Gabriyel Jezus ham shu kuni La Ligadagi gol hisobini ochishga muvaffaq boʻldi.
Umuman olganda, «Barselona» bu mavsumda Yevropaning eng koʻp gol urayotgan jamoasi boʻlib turibdi: 7 oʻyinda (La ligada 6, YeChLda 1) 33 gol urdi va 6 ta gol oʻtkazib yubordi. Bu uchrashuvlarning beshtasida kamida 5 tadan gol urilgan.
Shu bilan birga, jamoa hozircha jiddiy raqib sinovidan oʻtmadi, keyingi turda esa «Sevilya» maydoniga safar qiladi.
«Atletiko» – «Osasuna» 4:0

