Mahalliy

Prezident Nukusning yangilangan koʻchasi boʻylab sayr qildi va aholi bilan muloqot qildi (+foto, video)

Prezident Nukusning yangilangan koʻchalaridan birida sayr qildi va aholi bilan suhbatlashdi. Bir guruh yigitlar gitara joʻrligida qoʻshiq kuylashdi. Bu yerda umumiy uzunligi 2,5 km boʻlgan uchta koʻcha — Garezsizlik, Sabir Kamalov va Gulxan Sheraziyeva koʻchalarining hududlari obodonlashtirildi. Piyodalar yoʻlaklari kengaytirildi, oʻrindiqlar oʻrnatildi, koʻchatlar ekildi.

Prezident Nukusning yangilangan koʻchasi boʻylab sayr qildi va aholi bilan muloqot qildi (+foto, video)

Juma kuni kechqurun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukusning yangilangan koʻchalaridan birida sayr qildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, bu yerda umumiy uzunligi 2,5 km boʻlgan uchta markaziy koʻcha — Garezsizlik, Sobir Kamalov va Gulxan Sheraziyeva koʻchalarining hududlari obodonlashtirildi.

Qiymati 2,2 mlrd soʻmlik loyiha doirasida piyodalar uchun qulay muhit yaratildi: keng yoʻlaklar, yoritish tizimi, oʻrindiqlar va chiqindi qutilari paydo boʻldi, koʻchatlar ekildi. Shuningdek, uzunligi 1,5 km boʻlgan drenaj tarmogʻi qaytadan qurildi.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu koʻchalarda tadbirkorlik faoliyati faollashdi — yangi doʻkonlar, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish shoxobchalari ochildi, mavjudlari esa oʻz ishini kengaytirdi.

U aholidan yangilangan koʻcha ularga yoqdimi-yoʻqmi, deb soʻradi. Aholi ijobiy javob berdi. Davlat rahbari ularga eng ezgu tilaklarini bildirdi.

«Sizga katta rahmat, muhtaram prezident! Sizni yaxshi koʻramiz!» — deya hayqirdi bir ayol. «Rahmat! Men ham sizni juda yaxshi koʻraman», — deb javob berdi Shavkat Mirziyoyev.

Bir guruh yoshlar gitara joʻrligida Ozodbek Nazarbekovning Vatanga sadoqat haqidagi «Mendirman» qoʻshigʻini ham ijro etishdi. Prezident ularni qarsaklar bilan olqishladi va minnatdorlik bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.