Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Prezident ularga ish va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, koʻnikma va tajriba kelgusida Oʻzbekiston ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Davlat tashrifi bilan Seulga kelgan prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida ishlayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar iliq kutib oldi.

Oʻzbekiston rahbari yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, oʻqishi hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Suhbat davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, vatandoshlarimizning orzu-intilishlari va tashrif doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Prezident ularga ish va oʻqishda omad tilab, Koreyada orttirilayotgan zamonaviy bilim, koʻnikma va tajriba kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.