Mahalliy

Prezident Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Bu ulug‘vor majmua xalqimizning ko‘p asrlik tarixini, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimizning obrazlarini, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotidagi muhim voqealarni o‘zida aks ettiradi.

Monument cho‘qqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik g‘oyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifodalaydi.

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.