Bugun Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda qatnashadi
Prezident, shuningdek, «Shahidlar xotirasi» xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator muhim tadbirlarda ishtirok etadi. Dastlab, davlat rahbari «Shahidlar xotirasi» xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini xotirlash marosimida qatnashadi. Shundan so‘ng, «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi va O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklaydi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan asosiy tantanali tadbir 29-avgust kuni o‘tkazilgan edi.

