Shavkat Mirziyoyev: O‘tgan 35 yil asrga tatigulik davr bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida

Shavkat Mirziyoyev: O‘tgan 35 yil asrga tatigulik davr bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, o‘tgan davrdagi o‘zgarishlarga to‘xtaldi.
«35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi», – dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilgan o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi xalq ekanini ta’kidladi.
Prezident fermer va dehqonlar, ustoz va murabbiylar, shifokorlar, olimlar, sanoatchilar, tadbirkorlar, quruvchi va arxitektorlarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etdi.

