Siyosat

Prezident Marko Rubio va Serjio Gorni mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy

Prezident Marko Rubio va Serjio Gorni mukofotladi

Marko Rubio «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Uning O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi e’tirof etildi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari alohida ta’kidlandi.

Serjio Gor esa O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari e’tirof etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.