Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga maktub yo‘lladi
Maktubda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasiga saylovlar xususida so‘z boradi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga maktub yubordi
O‘zbekiston Prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Ko‘p qirrali aloqalarimizda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan parlamentlararo hamkorlik bundan keyin ham ikki tomonlama loyiha va dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini har tomonlama rivojlantirishga kuchli sur’at berish, uni mamlakatlarimiz ravnaqi va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yangi tashabbuslar bilan boyitishga ishonch bildirildi.
Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinga mustahkam sog‘liq va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi, deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi saylovlarda "Yagona Rossiya" partiyasi katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

