Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim tadbirlarga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuvda Marko Rubioning boʻlajak tashrifi, «S5+1» vazirlar uchrashuvi va ikki mamlakat ishbilarmonlik kengashining yigʻilishini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Oʻzbekistonga boʻlajak tashrifi, “S5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Oʻzbekiston – Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak tadbirlarni mazmunan boyitish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Qisqa muddatda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qoʻshma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishning samarali mexanizmiga aylangan ishbilarmonlik kengashining ahamiyati ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida oʻtkaziladigan boʻlajak xalqaro tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.