Mahalliy

Prezident Buxorodagi Qo‘shmadrasa ansambliga tashrif buyurdi

Davlat rahbariga ansamblni restavratsiya qilish rejasi taqdimot qilindi.

Prezident Buxorodagi Qo‘shmadrasa ansambliga bordi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Qo‘shmadrasa ansambliga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Abdullaxon madrasasi XVI asr o‘zbek me’morchiligining noyob namunalaridan biri bo‘lib, u 1588-1590-yillarda Buxoro xonligining Shayboniylar sulolasidan chiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan qurilgan.

Madrasa loyihasi va ichki tuzilishi murakkab muhandislik yechimi bilan an’anaviy Buxoro madrasalaridan ajralib turadi. Majmuaning asosiy kirish qismi janubga qaratilgan bo‘lib, ko‘k rangli koshin va sirli naqshlardan tuzilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.

Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan ta’lim berilgan. Xususan, madrasada Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan birga arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari chuqur o‘qitilgan.

Ansamblning janubiy tomonida 1566-1567-yillarda Abdullaxon II tomonidan o‘z onasi sharafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylashgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarshi, bir o‘q chizig‘ida qurilgan.

Qo‘shmadrasa ansambli 2023-2024-yillarda qiymati 6 mlrd so‘mlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Hozirda ushbu ansamblga 1 mln sayyoh tashrif buyurmoqda.

Prezident sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.