Mahalliy

Prezident Anqarada vatandoşlar bilan suhbatlaşdi

Davlat rahbari Turkiyadagi özbeklarning hayoti, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqqan.

Prezident Anqarada vatandoshlar bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan Anqaraga bordi va Turkiyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi.

Davlat rahbari yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning hayoti, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

– Yana bir bor vatandoshlarimni ko‘rib turganimdan xursandman. Qayerda bo‘lmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda o‘tkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olishga, o‘rganishga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk O‘zbekistonimiz kelajagiga qo‘shadigan hissangiz bo‘ladi,

– dedi prezident.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, muloqotda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor mamlakatning uzoq istiqboli bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi. Davlat rahbari ulug‘ ajdodlarning ilmiy merosi va qadriyatlari tiklanayotganiga to‘xtalib, vatandoshlarimiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga ko‘makdosh bo‘lishiga ishonch bildirgan.

– Men vatandoshlarimizni doimo sog‘inib, eslab yuraman. Sizlarning yaxshi yashashingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘sha olishingiz uchun O‘zbekistonda barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilyapmiz. Ilm olish, bilim egallash, uy-joyli bo‘lish uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz,

– degan prezident Shavkat Mirziyoyev va vatandoshlarimizga muvaffaqiyatlar tilagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.