Mahalliy

Prezident Andijonda gastronomik turizm koʻchasi bilan tanishdi, aholi bilan suhbatlashdi

Andijonning Oʻrikzor mahallasida Mashrab va Sarikuy koʻchalarini qamrab olgan 24/7 gastronomik turizm hududi ish boshladi. Loyihaning umumiy qiymati 18 milliard soʻmni tashkil etdi.

Prezident Andijonda gastronomik turizm ko‘chasi bilan tanishdi, aholi bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida barpo etilgan gastronomik turizm ko‘chasi bilan tanishdi.

Mashrab va Sarikuy ko‘chalarini qamrab olgan ushbu loyiha umumiy hisobda 18 milliard so‘mga tushdi. Shundan 8 milliard so‘mi respublika byudjeti, 10 milliard so‘mi esa tadbirkorlar mablag‘i hisobidan moliyalashtirildi.

Ko‘chaning uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. Bu yerda piyodalar va velosipedlar uchun keng hamda xavfsiz yo‘laklar qurildi, zamonaviy landshaft dizayni yaratildi, favvoralar va turli yoritish vositalari o‘rnatildi. Shuningdek, selfi hududlari, ochiq sport maydonchalari, bolalar uchun ekomaydonchalar hamda oilaviy dam olish maskanlari tashkil etildi.

Hududdagi 35 ta savdo obyektida 30 ta tadbirkorlik subyekti 24/7 tartibda xizmat ko‘rsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ko‘cha kuniga 10 mingdan ortiq aholi va sayyohni qabul qila oladi.

Davlat rahbari ko‘cha bo‘ylab sayr chog‘ida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy suhbatlashdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.