Mahalliy

Prezident Andijonda ekoturizm majmuasi bilan tanishdi, faollar bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida 23-sentabr kuni Asaka tumani, «Yangi hayot» hududidagi 192 gektar maydonda barpo etilgan ekoturizm majmuasi bilan tanishdi.

Prezident Andijonda ekoturizm majmuasi bilan tanishdi, faollar bilan suhbatlashdi

Hududda kapsula koʻrinishidagi 4 ta zamonaviy dam olish uyi hamda milliy uslubdagi 5 ta oʻtov oʻrnatilgan. Oʻttiz gektar maydonga manzarali daraxtlar va archalar ekilgan. Oilaviy restoran, turli attraksionlar va zamonaviy tungi yoritish tizimi tashkil etilgan.

Majmuada tabiiy muhitni asrash va resurslardan oqilona foydalanishga alohida eʼtibor berilgan. Hududda 14 ming kub metr sigʻimga ega membranali suv havzasi qurilgan. Daraxt va ekinlar toʻliq tomchilatib sugʻorish tizimi orqali sugʻoriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 51,8 milliard soʻmni tashkil etadi. Uni amalga oshirish natijasida mahalliy aholi uchun 275 ta doimiy va 200 ta mavsumiy ish oʻrni yaratildi. Shuningdek, bogʻda yetishtiriladigan uzumni eksport qilish rejalashtirilgan.

Muassasa toʻliq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 80 milliard soʻmlik xizmatlar koʻrsatilishi hamda mahalliy byudjetga 3 milliard soʻm tushum taʼminlanishi kutilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan «Uzum bogʻi» majmuasi Andijon viloyatining jozibador sayyohlik maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Davlat rahbari shu yerda yozilgan dasturxon atrofida viloyat faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda Andijonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar, aholi farovonligini oshirish, mahallalarni obod qilish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish haqida soʻz bordi.

Tadbir davomida madaniy dastur va dronlar shousi namoyish etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.