Iqtisodiyot

Portlash, yongʻin va gaz sizishi: qaysi holatlar sanoat avariyasi hisoblanadi?

Oʻzbekistonda kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatining xavfli obyektlarida sodir boʻladigan avariya va noxush hodisalarni tasniflash mezonlari belgilanmoqda. Yangi uslubiy tavsiyalar loyihasida portlash, yongʻin, xavfli moddalarning sizib chiqishi, uskunalarning buzilishi va boshqa holatlarni avariya yoki noxush hodisa sifatida baholash tartibi nazarda tutilgan.

Portlash, yongʻin va gaz sizishi: qaysi holatlar sanoat avariyasi hisoblanadi?

Kimyo, neft-kimyo hamda neft-gazni qayta ishlash sanoatidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yuz beradigan avariyalar va noxush hodisalarni tasniflash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar loyihasi tayyorlandi.

Hujjatning asosiy vazifasi avariya va noxush hodisalarni bir-biridan ajratish mezonlarini belgilash, shuningdek amaldagi normativ-texnik hujjatlardagi atama va talablarni qonunchilikka moslashtirishdan iborat.

Loyiha kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatining xavfli ishlab chiqarish obyektlariga, shuningdek boshqa sanoat tarmoqlaridagi portlash, yong‘in va zararli kimyoviy obyektlardan foydalanuvchi korxona hamda tashkilotlarga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatda amaldagi qonunchilikka tayangan holda, avariya inshootlar yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik qurilmalarning buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash yoki xavfli moddalarning ajralib chiqishi sifatida ta’riflangan.

Noxush hodisa esa texnik qurilmaning ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqish, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik va normativ-texnik hujjatlar talablarining buzilishini anglatadi.

Kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatida portlashlar, yong‘inlar, xavfli moddalarning chiqishi, shuningdek inshootlar, texnik qurilmalar yoki ularning elementlari buzilishi avariyalar sirasiga kiritiladi.

Loyihaga ko‘ra, chang-gaz-havo aralashmasining alangalanib portlashi avariya deb tasniflanadi. Bunday holat texnologik tizimda, ishlab chiqarish binosida yoki ochiq maydonda yuz berishi mumkin.

Texnologik jarayon parametrlarining belgilangan me’yorlardan chetga chiqishi natijasida apparat yoki texnologik tizim ichidagi reaksion muhitning portlashi ham avariya hisoblanadi.

Shuningdek, yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan moddalarning to‘kilishi bilan bog‘liq, moddiy zarar yetkazadigan yoki odamlar hayoti va sog‘lig‘i, jamiyat manfaatlari hamda atrof-muhitga zarar keltiradigan nazoratsiz yonish holatlari ham ushbu toifaga kiritiladi.

Kimyoviy xavfli, portlovchi va yonuvchi moddalarning chiqishi yoki oqib ketishi ham avariya sifatida baholanishi mumkin.

Bundan tashqari, portlash yoki yong‘in bilan bog‘liq bo‘lmagan holda texnologik asbob-uskunalar va quvurlar, binolar va inshootlarning to‘liq yoki qisman buzilishi ham avariyalar tasnifiga kiritilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.