“Pistirmadagi” kasallik. LADA-diabet nima va unga qarşi dori bormi?
Odatda qandli diabet ikki - 1- va 2-toifaga bölinadi. Ammo diabetologiyada kasallikning boşqa şakllari ham ajratiladi. Ulardan biri LADA-diabet, yaʼni kattalarda uçraydigan yaşirin autoimmun diabetdir.

“Pistirmadagi” kasallik. LADA-diabet nima va unga qarshi dori bormi?
Bu odatda 30 yoshdan keyin rivojlanadigan 1-toifa qandli diabetning sekin kechuvchi shaklidir. Kasallik uzoq vaqt aniqlanmay qolsa, noto‘g‘ri davolanish va asoratlarning erta rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Diabetning to‘rt turi
Ko‘pchilik diabetning faqat ikki turi bor deb o‘ylaydi. Ammo uning tasnifi bundan kengroq.
1-toifa qandli diabet. Bu autoimmun kasallik bo‘lib, immun tizimi oshqozonosti bezidagi insulin ishlab chiqaradigan beta-hujayralarni parchalab tashlaydi. Natijada insulin ishlab chiqarilishi keskin kamayadi va bemorga bir umr insulin inyeksiyalari kerak bo‘ladi. Kasallik odatda bolalik davrida boshlanadi.
2-toifa qandli diabet. U ko‘pincha ortiqcha vazn va kamharakat hayot tarzi bilan bog‘liq. Bunda insulinga rezistentlik — organizm hujayralarining insulinga sezgirligi pasayishi kuzatiladi. Bu diabetning eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, barcha holatlarning taxminan 90–95 foizini tashkil etadi. Odatda katta yoshda (30 yoshdan keyin) rivojlanadi.
Gestatsion qandli diabet. Bu qondagi glyukoza almashinuvining buzilishi bo‘lib, birinchi marta homiladorlik davrida aniqlanadi. Bu yo‘ldosh gormonlari ta’sirida organizmning insulinga sezgirligi pasayishi bilan bog‘liq. Ko‘pincha tug‘ruqdan keyin bu holat o‘tib ketadi, biroq kelajakda onada 2-toifa diabet rivojlanishi xavfini oshiradi hamda bolaning salomatligiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Umumiy guruhga kiradigan diabetning o‘ziga xos shakllari. Bu guruhga LADA-diabet (Latent Autoimmune Diabetes of Adults - katta yoshdagilardagi yashirin autoimun diabet) ham kiradi. U kattalarda rivojlanadigan, sekin kechuvchi 1-toifa diabet hisoblanadi.
“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019-yilda uni gibrid shakllar qatoriga kiruvchi alohida diabet turi deb e’tirof etgan.

