Layfstayl

Xavfli kasallik sanaladigan qandli diabetning 9 alomati

Xavfli kasallik hisoblangan qandli diabetning 9 ta belgisi

Shifokorlar diabetni "ko‘p nayrangli" kasalliklardan biri deb atashlari bejiz emas: uning dastlabki bosqichlarida inson hech qanday og‘riq sezmaydi va deyarli shikoyatlar bo‘lmaydi. Ammo sog‘lig‘ingizga ehtiyotkorlik bilan yondashsangiz, ba’zi o‘zgarishlarni payqashingiz mumkin.

**Birinchi turdagi diabet belgilari**

Birinchi turdagi diabet ko‘pincha juda tez rivojlanadi va aniq alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ishtaha keskin ochiladi, ammo shunga qaramay, odam sezilarli darajada vazn yo‘qotadi. Doimiy charchoq, kuchli chanqoq, tez-tez hojatxonaga borish istagi paydo bo‘ladi – ba’zan kechasi bir necha marta turishga to‘g‘ri keladi. Simptomlar odatda to‘satdan paydo bo‘ladi va ularni sezmaslik deyarli imkonsiz.

**Ikkinchi turdagi diabet belgilari**

Ushbu turdagi diabet eng keng tarqalgan bo‘lib, shu bilan birga, uni tashxislash qiyinroq. Chunki kasallik sekin rivojlanadi va alomatlar yengil bo‘ladi. Bu holda nimalarga e’tibor berish kerak?

1. **Kuchli chanqoq.** Odam avvalgidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichishni xohlaydi va ba’zi hollarda iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdori kuniga 3-5 litrgacha oshadi.

2. **Vazn yo‘qotish.** Turmush tarzi va odatiy ovqatlanish bir xil bo‘lib qolsa ham, vazn tezda pasayadi. Ba’zida ishtaha keskin ochiladi.

3. **Doimiy charchoq.** Ertalab tongdanoq butunlay charchaganingizni, asabiylashish, holsizlik, uyquchanlik paydo bo‘lganini his qilasiz.

4. **Peshob qilish tabiatidagi o‘zgarishlar.** Bu avvalgidan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘ladi.

5. **Ko‘ngil aynishi.** To‘satdan ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.

6. **Qo‘l va oyoqlar uvishishi.** Barmoqlarda sanchish hissi kuzatiladi.

7. **Terining quruqlashishi.** Teri quriydi, qichishish paydo bo‘ladi, yaralar va jarohatlar odatdagidan ko‘ra uzoqroq bitadi.

8. **Yuqori qon bosimi.**

9. **Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari.**

**Nega diabet belgilarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi?**

Qandli diabet eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, davolanmasa, gipoglikemiya va tom ma’noda 2-3 soat ichida rivojlanishi mumkin bo‘lgan komaga olib keladi. Ko‘pincha diabet yurak, buyraklar, ko‘rish qobiliyatining pasayishi (kam hollarda butunlay ko‘rlik) va asab tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.