Dunyo

Peterburgda migrantlarning byuti-industriyada ishlashiga qoʻyilgan taqiqni qayta koʻrib chiqmoqchilar

Sankt-Peterburgda byuti-sohada migrantlar mehnatiga qoʻyilgan taqiqni qayta koʻrib chiqish taklif etildi. Biznes-ombudsman Valeriy Kalugin gubernator Aleksandr Beglovga sartaroshxonalar va goʻzallik salonlarini cheklovlardan chiqarish iltimosi bilan murojaat qilmoqchi. Shu bilan birga, shahardagi barbershoplardagi ustalarning qariyb 70 foizi Oʻzbekiston fuqarolaridir.

15 oktyabr kuni Sankt-Peterburg hukumati patentga ega chet elliklarning ishlashi taqiqlangan sohalar roʻyxatini kengaytirdi. Taksi va kuryerlik yetkazib berishdan tashqari, cheklovlar ostiga oziq-ovqat doʻkonlari, sud-tibbiy ekspertizasi, fitnes-klublar, sartaroshxonalar va goʻzallik salonlari tushdi. Yangi qoidalar 2026 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil Valeriy Kalugin hukumat goʻzallik industriyasi uchun taqiqning oqibatlarini oxirigacha hisoblab chiqmagan boʻlishi mumkinligini aytdi. U gubernator Aleksandr Beglovga sartaroshxonalar va goʻzallik salonlarini cheklovlar roʻyxatidan chiqarish iltimosi bilan murojaat qilish niyatida.

"Sohaning sohadan farqi bor. Taksi haydovchisi, kuryer yoki samokatchi — bu boshqa masala. Ammo sartaroshxonalar va manikyur salonlarida, menimcha, qaror oxirigacha hisoblab chiqilmagan", — dedi Kalugin.

Uning soʻzlariga koʻra, avval bozordagi vaziyatni oʻrganish, bu sohada qancha migrant mehnat qilayotganini va ular aynan qanday lavozimlarni egallab turganini tushunish kerak. shundan keyingina keyingi qarorlarni qabul qilish mumkin boʻladi.

Oʻz navbatida, Goʻzallik industriyasi tadbirkorlari assotsiatsiyasi prezidenti Lyalya Sadikova Peterburgda ushbu sohada 10 mingga yaqin migrant ishlashini maʼlum qildi.

Asosiy qismi soch oldirish 300–500 rubl turadigan ekonom-segment sartaroshxonalarida mehnat qiladi. Sadikovaning soʻzlariga koʻra, bunday muassasalar xodimlarining taxminan 90 foizi Markaziy Osiyodan kelganlardir. Barbershoplarda esa xodimlarning qariyb 70 foizi Oʻzbekiston fuqarolaridir.

Shu bilan birga, shahardagi byuti-xizmatlar bozorining taxminan 70 foizi shahar aholisining salmoqli qismi foydalanadigan ekonom-segmentga toʻgʻri keladi.

Assotsiatsiyada taqiq joriy etilganidan keyin xorijlik xodimlar oʻrnini bosish oson boʻlmasligidan xavotirda. Dekabrgacha yangi ustalarni topish va tayyorlash deyarli imkonsiz: hatto boshlangʻich oʻquv kurslari ham olti oyga yaqin davom etadi.

"Bu mahalliy aholi navbatda turgan soha emas. Peterburglik ustalar ekonom-segmentga bormaydi, bu ogʻir mehnat. 500 rublga soch oldirish — bu kun boʻyi oyoqda turish degani", — deb tushuntirdi Sadikova.

U, shuningdek, goʻzallik industriyasi yangi cheklovlarsiz ham patent va soliq tizimlaridagi oʻzgarishlar sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotganini taʼkidladi.

Qayd etamiz, Rossiyada Oʻzbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Abxaziya va Gruziya fuqarolari patent rasmiylashtirishlari shart. Peterburgda uning qiymati 2026 yilda 8 ming rublni tashkil etadi. 2027 yilda uni 11,6 ming rublga oshirish rejalashtirilgan.

Xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining yarmidan koʻpi Rossiyada boʻlib turibdi. RF TIV mamlakatni Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar uchun eng yirik mehnat bozori deb atadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.