Mahalliy

Pedagog 80 ball toʻplasa, qaysi malaka toifasini oladi?

Oʻzbekistonda pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishda malaka toifasiga qarab 55, 60, 70 va 80 ballik chegaralar belgilangan. Jumladan, birinchi malaka toifasidagi pedagog oliy toifani olishi uchun kamida 80 ball, ikkinchi toifadagi oʻqituvchi birinchi toifani olishi uchun kamida 70 ball toʻplashi kerak.

Pedagog 80 ball toʻplasa, qaysi malaka toifasini oladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga binoan, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish yakunlari ularning ikki bosqichda jamlagan ballari asosida aniqlanadi.

**Oliy malaka toifasidagi pedagoglar**

Oliy malaka toifasiga ega yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog ikki bosqich natijasiga koʻra 80 va undan yuqori ball toʻplasa, attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi va uning oliy malaka toifasi saqlanib qoladi.

Agar natija 80 balldan past boʻlsa, pedagog attestatsiyadan oʻtmagan deb topiladi va birinchi malaka toifasi — yetakchi oʻqituvchi lavozimiga tushiriladi. Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar bundan mustasno.

**Birinchi malaka toifasidagi pedagoglar**

Birinchi malaka toifasi yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

- 80 va undan yuqori ball olsa, unga oliy malaka toifasi beriladi;

- 70 balldan 79 ballgacha toʻplasa, birinchi malaka toifasi saqlanadi;

- 70 balldan kam olsa, ikkinchi malaka toifasi — katta oʻqituvchi lavozimiga tushiriladi.

**Ikkinchi malaka toifasidagi pedagoglar**

Ikkinchi malaka toifasi yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

- 70 va undan yuqori ball olsa, birinchi malaka toifasi beriladi;

- 60 balldan 69 ballgacha natija koʻrsatsa, ikkinchi malaka toifasi saqlanadi;

- 60 balldan kam toʻplasa, mutaxassis — oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimiga tushiriladi.

**Mutaxassislar uchun qancha ball kerak?**

Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog:

- 60 va undan yuqori ball toʻplasa, ikkinchi malaka toifasi — katta oʻqituvchi lavozimi beriladi;

- 55 balldan 59 ballgacha toʻplasa, mutaxassis lavozimi saqlanadi;

- 55 balldan kam natija koʻrsatsa, attestatsiyadan oʻtmagan va mutaxassis lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.