Mahalliy

Ayrim maktablarga pedagog tanlashda yangi mezonlar joriy etildi

Oʻzbekistonda taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash tartibi yangilandi. Endi bir vakant soatga ikki yoki undan ortiq nomzod daʼvogar boʻlsa, ular 100 ballik tizim asosida suhbatdan oʻtkaziladi.

Ayrim maktablarda oʻqituvchilarni tanlash jarayoniga yangi mezonlar kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-sonli qarori bilan tasdiqlangan, taʼlim darajasi past boʻlgan maktablarga boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi tartibga koʻra, boʻsh ish oʻrinlariga ikki yoki undan ortiq nomzod boʻlgan hollarda, oʻqituvchilar kasbiy bilim va koʻnikmalari, pedagogik mahorati hamda psixologik qobiliyati boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi.

Suhbat 100 ballik tizimda tashkil etiladi. Bunda nomzodning kasbiy bilim va koʻnikmalari uchun 40 ball, pedagogik mahorati uchun 30 ball va psixologik qobiliyati uchun 30 ball beriladi.

Har bir nomzod ishchi guruh aʼzolari tomonidan alohida baholanadi. Yakuniy natija esa guruh aʼzolari qoʻygan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati asosida hisoblanadi.

Suhbat yakunlariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan nomzod tegishli boʻsh ish oʻrni uchun oʻqituvchi sifatida tanlab olinadi.

Agar ikki yoki undan ortiq nomzod bir xil ball toʻplasa, ularning amaldagi malaka toifasi darajasi, pedagogik ish staji, shuningdek, tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati mavjudligi va uning darajasi inobatga olinadi.

Shuningdek, pedagoglarni saralash jarayonini onlayn shaklda oʻtkazishga ham ruxsat berildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.