«Paxta guli»dan çöyan qozongaça: özbek buyumlari Germaniya marketpleyslarida sotilmoqda
Germaniyaning OTTO va Kaufland marketpleyslarida Özbekistonda işlab çiqarilgan çinni va keramika idişlar, milliy piçoqlar hamda çöyan qozonlar savdoga qöyilgan. Mahsulotlar tavsifida qöl mehnati va anʼanaviy özbek naqşlariga alohida urğu berilmoqda.

«Paxta guli»dan çöyan qozongacha: özbek buyumlari Germaniya marketpleyslarida sotilmoqda
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, OTTO platformasida «Paxta guli» chinni choy to‘plamlari, Rishton laganlari va kosalari, namanganlik ustalarning milliy pichoqlari hamda cho‘yan qozonlar xaridorlarga taklif etilmoqda. Ular orasida yetti buyumdan iborat choy servisi va keramik likoplar ham bor.
Nemis tilidagi mahsulot tavsiflarida Rishton keramikasiga xos havorang tuslar, nozik sirlama va naqshlar, buyumlarning qo‘lda bo‘yalgani qayd etilgan. Idishlar kundalik foydalanish, mehmon kutish, uyni bezatish va sovg‘a qilish uchun tavsiya etilmoqda.
Kaufland onlayn-platformasida esa turli hajmdagi, jumladan, 8–22 litrli o‘zbek cho‘yan qozonlari va o‘choqlari sotilmoqda. Sotuvchilar ularning mustahkamligi, issiqlikni uzoq saqlashi va turli taomlarni tayyorlashga qulayligini ta’kidlagan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, xaridorlar qoldirgan izohlarda ham qozonlarning amaliy jihatlari ijobiy baholangan.
Xabarda O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozorida ilgari surishda milliy dizayn bilan birga sifat va xavfsizlik haqidagi ishonchli ma’lumotlar, yetkazib berish hamda tovarni qaytarish shartlari muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

