Pakistanning Arif Habib Group kompaniyasi Yangi Toshkent’ga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi
Pokistonning Arif Habib Group kompaniyasi Yangi Toshkentda turar joy, ofis va savdo obʼyektlari qurilishiga investitsiya kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher Toʻxtayevning kompaniya asoschisi Arif Habib bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha maʼlum boʻldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA. Birinchi bosqichda kompaniya istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy tahlilini oʻtkazadi. Shungdan soʻng investorlar sarmoya kiritish uchun ustuvor yoʻnalishni belgilab oladilar. […]

Pokistonning Arif Habib Group kompaniyasi Yangi Toshkentga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi
Pokistonning Arif Habib Group kompaniyasi Yangi Toshkentda turar joy, ofis va savdo obʼyektlari qurilishiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher Toʻxtayevning kompaniya asoschisi Arif Habib bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha maʼlum boʻldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Birinchi bosqichda kompaniya istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy tahlilini oʻtkazadi. Soʻngra investorlar sarmoya kiritish uchun ustuvor yoʻnalishni belgilab oladilar.
Bundan tashqari, tomonlar keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun Yangi Toshkent direktsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etishga kelishib oldilar.

