Oʻzbekistonda poyezd va metro mashinistlariga guvohnoma berishning yagona tartibi joriy etiladi
Oʻzbekistonda ilk bor temir yoʻl transporti va metro mashinistlariga guvohnomalar berishning yagona tartibi joriy etiladi. Yangi qoidalar 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ushbu sanadan boshlab lokomotivlar, motorvagonli harakat tarkibi va metro poyezdlarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin boʻladi. Test sinovlari ham elektron formatga oʻtkaziladi. Tizim imtihon natijalarini avtomatik ravishda aniqlaydi. Yangi […]

Oʻzbekistonda ilk bor temir yoʻl transporti va metro mashinistlariga guvohnomalar berishning yagona tartibi oʻrnatiladi. Yangi qoidalar 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Ushbu sanadan boshlab lokomotivlar, motorvagonli harakat tarkibi va metro poyezdlarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtirish mumkin boʻladi.
Test sinovlari ham elektron formatga oʻtkaziladi. Tizim imtihon natijalarini avtomatik ravishda aniqlaydi.
Yangi mashinist guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Faoliyat koʻrsatayotgan mashinistlar 2029 yil 1 yanvargacha yangi namunadagi hujjatlarni olishlari shart.
Agar guvohnoma yoʻqotilsa yoki shikastlansa, mashinistlar testni qayta topshirmasdan dublikat olishlari mumkin boʻladi. Bu, shuningdek, hujjatdagi ayrim maʼlumotlar oʻzgarganda ham imkonli boʻladi.
Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 17 sentyabrdagi 502-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

