Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar ommaviy va professional futbolni qoʻllab-quvvatlash, sportchilarni tayyorlash hamda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, Oʻzbekistonning Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa olib borilayotgan […]

Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Ol Xalifani qabul qildi.
Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekistonning Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollarini koʻrib chiqdilar, ommaviy va professional futbolni qoʻllab-quvvatlash, sportchilarni tayyorlash hamda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida toʻxtaldilar.
Shayx Salmon bin Ibrohim Ol Xalifa Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish va sport taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
Futbol akademiyalarini birgalikda rivojlantirish hamda yoshlarni futbol bilan shugʻullanishga keng jalb etishga qaratilgan «Har bir mahallada futbol maydonchasi» dasturini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, yirik xalqaro futbol tadbirlarini, shu jumladan ayollar va oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionatlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, tomonlar futbolchilar va murabbiylar tarkibini tayyorlashni metodologik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va saralab olish masalalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan sheriklikni mustahkamlash Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirish, sportchilarni tayyorlash sifatini oshirish va mamlakatning xalqaro futbol musobaqalaridagi ishtirokini kengaytirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar ochadi.

