Oʻzbekiston fuqarolari boshqa davlatdagi mashinasini vaqtincha olib kelishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston fuqarolari xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalarini notijorat maqsadlarda Oʻzbekistonga vaqtincha olib kirishi mumkin boʻladi. Buning uchun bojxona toʻlovlari undiriladi.

Oʻzbekiston fuqarolari endilikda chet elda roʻyxatdan oʻtgan avtomobillarini notijorat maqsadlarda mamlakatga vaqtincha olib kirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu jarayon uchun bojxona toʻlovlari undiriladi.
Prezidentning 27-avgustdagi farmoniga koʻra, 2027-yil dekabr oyiga qadar ushbu tartibni belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2027-yil iyun oyiga qadar jismoniy shaxslar uchun bojxona organlari tomonidan qoʻllanilgan jarimalar haqidagi qarorlar bilan tanishish, imtiyozli toʻlov muddatlari haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish jarayonlari “Customs fine” mobil ilovasi orqali raqamlashtiriladi.

