Mahalliy

“Ozgina emotsiyaga berilibmiz” – Toşkentda yölda raqsga tuşgan kuyovjöralar 7 sutkaga qamaldi

Olmazor tumanining Gulsaroy köçasida kuyovjöralar yölning qatnov qismida raqsga tuşib, maşinalar harakatiga tösqinlik qilişgan. Sud 8 nafar kuyovjörani mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan, deb topib, ularga maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.

“Ozgina emotsiyaga berilibmiz” – Toshkentda yo‘lda raqsga tushgan kuyovjo‘ralar 7 sutkaga qamaldi

Olmazor tumanida avtomobil yo‘lida raqsga tushgan shaxslar ma’muriy jazoga tortildi.

Sud hujjatiga ko‘ra, 19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 8 kishi 31-oktabr kuni tumanning Gulsaroy ko‘chasida yo‘lning qatnov qismida raqsga tushib, mashinalar harakatiga to‘sqinlik qilgan.

“Yo‘lni to‘sib, ozgina o‘yin-kulgi qildik. Bunaqa holatga olib kelishini o‘ylamagandik. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz, boshqa qaytarilmaydi”, degan huquqbuzarlardan biri sudda.

Kuyovjo‘ralardan yana biri o‘sha kuni soat 16:00 larda kelinning uyidan chiqayotganda “ozgina xursandchilikka, emotsiyaga berilib”, yo‘lni to‘sib qo‘yishganini, oqibati shu yoqqacha kelishini bilmaganini aytib, pushaymonlik bildirgan.

JIB Olmazor tuman sudining 2026-yil 3-noyabrdagi qarori bilan kuyovjo‘ralar mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Ularning biriga 5 sutka, qolganlariga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.